APL klubi A Seriyadan zo'r himoyachi topdi

"Lids" "Sassuolo"ning bosniyalik himoyachisi Tarik Muxaremovichni Paskal Stryoyk o'rniga mumkin bo'lgan nomzod sifatida ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Leeds Live xabar beradi.
Stryoyk "Brayton"ga 21 million evro evaziga sotilganidan so'ng, markaziy himoyachi pozitsiyasi "Lids" uchun ustuvor vazifalardan biriga aylandi. Jamoa vakillarining ta'kidlashicha, hozircha "Sassuolo" bilan hech qanday jiddiy muzokaralar bo'lmagan – hozircha faqat qiziqish haqida gap bormoqda. Italiya klubi futbolchi uchun 40 million evro atrofida mablag' olmoqchi.
Yuqori narxning sabablaridan biri shundaki, Muxaremovichning sobiq klubi "Yuventus" bo'lajak sotuv summasidan 50 foiz ulush olish huquqiga ega. Futbolchiga "Nyukasl", "Sanderlend" va "Bornmut" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar