APL klubi 18 yoshli serbiyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

"Bornmut" 18 yoshli serbiyalik himoyachi Velko Milosavlevich bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda ingliz klubi rasmiy saytida ma'lum qildi. Futbolchi avvalroq "Tsrvena Zvezda"da o'ynagan.
Yosh futbolchi o'tgan mavsumda Serbiya chempionatida debyut qildi va Belgrad klubi safida oliy divizionda 14ta o'yin o'tkazishga muvaffaq bo'ldi. Joriy mavsumda Milosavlevich Chempionlar ligasi saralash bosqichining beshta uchrashuvida ishtirok etdi.
Bundan tashqari, himoyachi bu yil Serbiya U21 terma jamoasida debyut qildi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 1 million evroni tashkil qiladi.