APL hujumchisi «Barselona»da o'ynashni orzu qilmoqda

«Bornmut» hujumchisi Eli Junior Krupi «Barselona»ga o'tishni istamoqda. 19 yoshli futbolchiga Evropaning bir qator grand klublari tomonidan qiziqish bo'lsa-da, u «ko'k-anorranglilar» safiga qo'shilishni afzal ko'rmoqda.
Transfer News Live nashrining Sport’ga tayanib xabar berishicha, frantsiyalik istiqbolli futbolchi «Kamp Nou»da to'p surishni orzu qiladi. Kataloniya klubi ayni damda hujumchi izlamoqda, biroq «olchalar» yulduzi hozircha asosiy nomzodlar ro'yxatida emas.
Eli Junior Krupi Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 31 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Transfermarkt portali uning narxini 40 million evroga baholamoqda. Futbolchining «Bornmut» bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallanadi.