APL grandlari "Yuventus" yulduzi Yildizni o'z safiga qo'shib olish ustida ish boshladi

"Yuventus" hujumchisi Kenan Yildizga Angliyada jiddiy talab bor. "Keksa sinora" rahbariyati hamon 20 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma shartlarini kelisha olmayapti. Vaziyatni Evropaning boshqa top-klublari vakillari diqqat bilan kuzatib, yosh yulduzni o'z safiga qo'shib olishga tayyor. Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, Angliya premer-ligasi grandlari allaqachon turkning kelajakdagi transferi imkoniyatlarini jiddiy o'rganishni boshlagan.
"Yuventus" Yildizning maosh bo'yicha so'rovlarini qondira olmayapti, APL klublari esa futbolchiga qulayroq shartlarni kafolatlay oladi. Forvardning Transfermarkt saytidagi narxi - 75 mln evro.