APL grandlari Portugaliyaning yangi yulduzi uchun kurash boshlashdi

«Nyukasl», «Arsenal» va «Manchester Siti» klublari «Portu»ning 18 yoshli portugaliyalik yarim himoyachisi Rodrigu Morani diqqat bilan kuzatib borishmoqda. Bu haqda Sports Boom nashri xabar bermoqda.
Insayderlarning ta'kidlashicha, Mora — so'nggi vaqtlardagi eng iqtidorli portugaliyalik yosh futbolchilardan biri hisoblanadi. «Portu» bilan rasmiy muzokaralar yaqin vaqt ichida boshlanishi mumkin.
Mora — «Portu» klubi tarbiyalanuvchisidir. Joriy mavsumda yarim himoyachi klub safida 35 ta o'yinda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.