APL grandlari e'tiboridagi futbolchi o'z jamoasi bilan yangi shartnoma imzoladi

"Sanderlend" iqtidorli hujumkor yarim himoyachisi Kris Rigg bilan shartnomasini uzaytirdi.
Klub rasmiy sayti xabariga ko'ra, 18 yoshli futbolchi klub bilan 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnomaga qo'l qo'ygan.
Transfermarkt 20 million evroga baxolayotgan futbolchini avvalroq "Liverpul", "Manchester Yunayted", "Arsenal", "Everton" va "Vest Xem" o'z safiga qo'shib olmoqchi ekanligi aytilgandi.