"Yuventus" hujumchisi Kenan Yildiz boshqa klublar e'tiborida qolmoqda. Turkiyalik yulduz vingerning manfaatlarini himoya qiluvchi agent Jorje Mendesh yaqinda Londonning "Arsenal" klubi bilan muzokaralar olib bordi, deya xabar bermoqda indykaila News Italiyadagi manbalarga tayanib. Turinda bo'lib o'tgan uchrashuvda 20 yoshli futbolchining ehtimoliy transferi muhokama qilindi.

Transfermarkt saytida Kenan Yildizning narxi - 75 mln evro, futbolchining "keksa sinora" bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Istiqbolli hujumchiga da'vogarlar orasida "Chelsi", "Tottenxem", "Manchester Yunayted", "Real" va Evropaning boshqa grand klublari ham bor edi.