Jud Bellingemning "Real Madrid"dan ketishi haqidagi mish-mishlar juda g'alati tuyuladi, ammo futbolda har qanday narsa bo'lishi mumkin.

Bir necha kun oldin "Chelsi" Bellingemni sotib olishga urinishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Endi esa, yana bir Premer-liga klubi "Liverpul" "Los Blankos" yulduzi bilan bog'lanmoqda. "Qizillar" Bellingem uchun 180 million evro to'lashga tayyor.