Angliya chempionatining 29-turidan o'rin olgan bahsda «Everton» «Byornli»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. O'yin Liverpuldagi «Xill Dikinson» stadionida bo'lib o'tdi.

31-daqiqada himoyachi Jeyms Tarkovski hisobni ochdi. Ikkinchi bo'lim boshida esa yarim himoyachi Kirnan Dyusberi-Xoll «iriskalar»ning ustunligini ikki barobarga oshirdi.

Ushbu g'alabadan so'ng «Everton» 43 ochko jamg'ardi va APL turnir jadvalida 8-o'rinni egallab turibdi. «Bernli» esa 19 ochko bilan 19-pog'onada bormoqda.

Manba: www.stadion.uz.