Angliya Premer-ligasining 35-turida «Everton» va «Manchester Siti» jamoalari o'rtasidagi uchrashuv kutilmagan natija bilan yakunlandi. Gvardiola shogirdlari safarda kechgan dramatik bahsda 3:3 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Mazkur o'yindan so'ng mashhur Polymarket prognozlar platformasida chempionlik uchun koeffitsientlar keskin o'zgarib ketdi. Ayni damda imkoniyatlar quyidagicha ko'rinish olgan:

  • «Arsenal» — 83% (chempionlik uchun asosiy da'vogar);

  • «Manchester Siti» — 17%.