"Chelsi" APL 8-turida "Nottingem Forest"ni mehmonda mag'lub etdi - 3:0.

Londonliklarga g'alaba keltirgan gollarga Josh Achimpong (49), Pedru Netu (52) va Ris Jeyms (84) mualliflik qildi.

O'yin yakunida mehmonlar bir kishi kam bo'lib qolishdi - 87-daqiqada Malo Gyusto ikkinchi sariq kartochkani oldi.

"Chelsi" (14) APLda to'rtinchi o'ringa ko'tarildi. "Nottingem Forest" (5) turnir jadvalida 17-o'rinda bormoqda. "O'rmonchilar" ketma-ket to'rtinchi mag'lubiyatga uchradi va barcha turnirlarda g'alabasiz seriyasini 10 tagacha uzaytirdi.

Angliya chempionati, 8-tur

18 oktyabr, shanba, 16:30

Nottingem Forest - Chelsi - 0:3

Gollar: Achimpong, 49 (0:1). Pedru Netu, 52 (0:2). Djeyms, 84 (0:3)

Nottingem Forest: Sels, Zinchenko (Vud, 74), Moratu, Murilo (Savona, 74), Milenkovich, Uilyams, Anderson, Sangare, Duglas Luis (Xadson-Odoi, 53), Avoniyi (Igor Jezus, 46), Gibbs-Uayt

Chelsi: Sanches, Kukurelya, Chaloba, Achimpong (Adarabioyo, 81), Gyusto, Lavia (Kaysedo, 46), Djeyms, Garnacho (Gittens, 46), Santos (Giu, 46), Pedru Netu (Estevan, 78), Joao Pedro

Ogohlantirishlar: Moratu, 41. Sangare, 80 - Gyusto, 54. Estevan, 89. Sanches, 90

Chetlatish: Gyusto, 87 (ikkinchi sariq kartochka)

Manba: www.stadion.uz.