Angliya Premer-ligasi 35-turidan o'rin olgan «Chelsi» — «Nottingem Forest» (1:3) uchrashuvi davomida londonliklarning 18 yoshli debyutanti Jessi Derri birinchi bo'limdagi majburiy almashtirishdan so'ng ehtiyot chorasi sifatida shifoxonaga olib ketildi.

Klub matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, futbolchining ahvoli barqaror:

«Jessi hushida, gaplasha olyapti va profilaktik tekshiruvdan o'tmoqda. Unga tezroq sog'ayish tilaymiz va tibbiyot xodimlariga tezkor reaktsiya uchun minnatdorlik bildiramiz», — deyiladi bayonotda.

Hodisa birinchi bo'limga qo'shimcha vaqtda sodir bo'ldi. Derri raqib o'yinchisi bilan boshi bilan to'qnashib, maydonga yiqildi. Futbolchiga kislorod niqobi kerak bo'ldi. Jarohat olgan o'yinchi o'rniga 45+10-daqiqada hujumchi Liam Delap maydonga tushirildi.

Manba: championat.com