Biroz oldin Angliya Premer ligasining 16-turidan o'rin olgan "Nyukasl" hamda "Chelsi" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv o'z yakuniga etdi. Bahs 2:2 hisobi bilan yakunlandi.

Dastlab, bahsning 4 va 16-daqiqalarida mezbonlar futbolchisi Voltemade gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

Ammo ikkinchi taymda Ris Jeyms jarima zarbasidan ajoyib zarba yo'llab, oradagi farqni qisqartirdi. 66-daqiqada Joao Pedro katta sahnaga chiqdi va jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

Shundan so'ng, "Chelsi" 4, "Nyukasl" esa 11-o'rinlarini saqlab qolishdi.