"Arsenal" Angliya chempionati-2025/26 15-turida "Aston Villa" mehmoni bo'lib, 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Uchrashuv "Villa Park" stadionida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvdagi ilk golni Birmingem jamoasi himoyachisi Metti Kesh 36-daqiqada kiritdi. 52-daqiqada londonliklar yarim himoyachisi Leandro Trossard hisobni tenglashtirdi.

Mezbonlarga g'alaba keltirgan golga Emiliano Buendia 90+5-daqiqada mualliflik qildi.

"Arsenal" 33 ochko bilan APLda peshqadamlikni davom ettirmoqda. "Aston Villa" (30) esa 2-o'ringa ko'tarilib oldi.

Keyingi turda "Arsenal" 13 dekabr kuni "Vulverxempton"ni qabul qilsa, "Aston Villa" 14 dekabr kuni "Vest Xem" bilan kuch sinashadi.

APL. 15-tur

6 dekabr, 17:30

Aston Villa - Arsenal - 2:1

Gollar: Kesh, 36 (1:0). Trossar, 52 (1:1). Buendiya, 90 (2:1)

Aston Villa: Martines, Matsen, Pau Torres (Lindelef, 87), Konsa, Kesh (Buendiya, 87), Onana (Bogard, 75), Kamara, Rodjers, Tilemans, Makginn (Sancho, 75), Uotkins (Malen, 66)

Arsenal: Rayya, Kalafori (Lyuis-Skelli, 86), Inkape, Timber, Uayt, Rays, Subimendi, Edegor, Eze (Trossar, 46, Martinelli, 86), Merino (Dekeresh, 46), Saka (Madueke, 79)

Ogohlantirishlar: Kalafori, 72. Saka, 74

Hakam: Benkes (Angliya)

Manba: www.stadion.uz.