«Arsenal» Angliya chempionatining 26-turi doirasidagi o'yinda «Brentford» bilan durang o'ynadi — 1:1. Uchrashuv Londondagi «Brentford Komyuniti» stadionida bo'lib o'tdi.

Birinchi bo'limda jamoalar gol ura olishmadi. Ikkinchi bo'lim boshida mehmonlar hujumchisi Noni Madueke hisobni ochdi. 71-daqiqada himoyachi Kin Lyuis-Potter muvozanatni tikladi.

«Arsenal» 57 ochko jamg'argan holda APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Brentford» esa 40 ochko bilan 7-pog'onada bormoqda.

Keyingi turda «Arsenal» «Vulverxempton» bilan (18 fevral), «Brentford» esa «Brayton» bilan (21 fevral) kuch sinashadi.

Angliya Premer-ligasi. 26-tur | 13 fevral | «Brentford Kommyuniti» stadioni

Brentford — Arsenal — 1:1

Gollar: Madueke, 61 (0:1); Lyuis-Potter, 71 (1:1).

Brentford: Kellexer, van der Berg, Ayer, Xenri (Xiki, 90+5), Kayode, Yarmolyuk (Xenderson, 73), Yanelt, Yensen, Lyuis-Potter (Damsgor, 73), Uattara, Tiago.

Arsenal: Rayya, Moskera, Gabriel Magalyayns, Inkape (Kalafori, 81), Timber, Subimendi, Rays, Eze (Edegor, 46), Trossar (Martinelli, 81), Madueke (Saka, 70), Dekeresh.

Ogohlantirishlar: Yanelt (4), Yensen (53), Uattara (86) — Gabriel Magalyayns (20), Dekeresh (30).

Manba: www.stadion.uz.