"Arsenal" safarda APL 8-turidan o'rin olgan "Fulxem"ga qarshi bahsda 1:0 hisobida zafar quchdi.

Yagona gol 58-daqiqada Leandro Trossard tomonidan kiritildi.

"Arsenal" (19) ketma-ket uchinchi g'alabasini qo'lga kiritib, APLda birinchi o'ringa qaytdi. "Fulxem" (8) ketma-ket uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi va turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda.

Angliya Premer-ligasi, 8-tur

18 oktyabr, shanba, 21:30 «Craven Cottage»

Fulxem - Arsenal - 0:1

Gollar: Trossard, 58 (0:1)

Fulxem: Leno, Sessenon, Kuenka (Bassi, 82), Andersen (Diop, 42), Kastan, Kerni (Smit-Rou, 63), Berge, Ivobi, King (Kevin, 63), Uilson (Traore, 82), Ximenes

Arsenal: Rayya, Kalafori, Gabriel Magalyayns, Saliba, Timber, Rays, Subimendi, Eze (Merino, 63), Trossard (Martinelli, 82), Dyokeresh (Nergor, 90), Saka

Manba: www.stadion.uz.