Angliya Premer-ligasi 35-turida "Arsenal" London derbisida "Fulxem"ni qabul qildi va yirik 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

"Kanonirlar" safida Viktor Dyokeresh dubl muallifi bo'ldi. Yana bir golni Bukayo Saka o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

"Arsenal" 76 ochko bilan turnir jadvalida "Manchester Siti"ni 6 ochkoga ortda qoldirgan holda peshqadam bo'lib turibdi, ammo "shaharliklar" zaxirasida 2 ta o'yin bor.

"Fulxem" 48 ochko bilan 10-pog'onada.

Arsenal - Fulxem - 3:0

Gollar: 9' 1:0 - V. Dyokeresh (B. Saka), 40' 2:0 - B. Saka (V. Dyokeresh), 45+4' 3:0 - V. Dyokeresh (L. Trossard).

Arsenal: Rayya, Uayt (Moskera, 83), Gabriel Magalyayns, Saliba, Kalafori, Lyuis-Skelli, Rays (Subimendi, 64), Eze (Doumen, 78), Trossard, Saka (Madueke, 46), Dyokeresh (Jezus, 64).

Fulxem: Leno, Beyssi, Andersen, Robinson, Kastan, Lukich, Smit-Rou (Kusi-Asare, 78), Rid (Keyrni, 64), Ximenes (Munis, 73), Uilson (Bobb, 64), Chukveze (King, 64).

Ogohlantirish: Lukich (23).

Manba: www.stadion.uz.