"Arsenal" Angliya chempionatining 19-turidan o'rin olgan "Aston Villa"ga qarshi bahsda g'alaba qozondi - 4:1. O'yin Londondagi "Emireyts" stadionida bo'lib o'tdi.

Birinchi bo'limda gol urilmadi. Ikkinchi bo'lim boshida "kanonirlar" 4 daqiqa ichida ikkita gol urishdi - Gabriel va Martin Subimendi. 69-daqiqada Leandro Trossard hisobni yirik ko'rinishga olib kelgan bo'lsa, o'yinga qo'shib berilgan daqiqalarda mehmonlar bitta gol urishdi - Olli Uotkins.

"Arsenal" ochkolarini 45taga etkazib, APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Aston Villa" 39 ochko bilan 3-pog'onada bormoqda.

Arsenal - Aston Villa - 4:1

31 dekabr, 01:15. Emireyts

Gollar: Gabriel Magalyayns, 48 (1:0). Subimendi, 52 (2:0). Trossar, 69 (3:0). Gabriel Jezus, 78 (4:0). Uotkins, 90+4 (4:1)

Arsenal: Rayya, Saliba, Gabriel Magalyayns (Lyuis-Skelli, 77), Inkape, Timber (Uayt, 83), Subimendi, Merino (Nergor, 73), Edegor, Trossar, Saka (Madueke, 83), Dekeresh (Gabriel Jezus, 77)

Aston Villa: Martines, Lindelef, Konsa, Din, Bogard, Tilemans (Djimo-Aloba, 82), Onana (Makginn, 46), Buendiya (Garsiya, 61), Rodjers (Xemmings, 82), Sancho (Malen, 61), Uotkins

Ogohlantirishlar: Merino, 45. Gabriel Jezus, 79 - Rodjers, 45. Bogard, 81. Uotkins, 90

Manba: www.stadion.uz.