APL. Abduqodir Husanovning eng qimmat futbolchilar reytingidagi o'rni aniq bo'ldi

Transfermarkt portali Angliya Premer-ligasi futbolchilari qiymatini yangiladi.
Reytingning birinchi pog'onasini 200 million evro narx bilan «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland egalladi.
Ikkinchi o'rinni «Arsenal» vingeri Bukayo Saka va «Liverpul» forvardi Aleksandr Isak band etishgan — ularning har biri 140 million evroga baholangan.
APLda eng arzonlashgan futbolchilar sifatida «Manchester Siti» yarim himoyachilari Fil Foden va Rodri qayd etilgan: endilikda Fodenning bahosi 80 million, Rodriniki esa 90 million evroni tashkil etadi.
Shuningdek, «shaharliklar» safidagi yana bir futbolchi — O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ham 35 million evro narx bilan APL futbolchilari reytingining 45-o'rinni egalladi.
Manba: stadion.uz