Anvar G'ofurov: “OKMK - yaxshi shakllangan, kuchli murabbiyga ega jamoa. Bizga har bir bahsda ochkolar kerak. Ko'plab uchrashuvlarda natija bo'yicha yutqazayotgandirmiz, ammo o'yin bo'yicha emas. Yigitlarga rahmat, muxlislardan minnatdormiz. O'yin boshidagi qizil kartochka o'z ta’sirini ko'rsatdi, ammo yigitlar buni bilintirmaslikka harakat qilishdi. Jamoadagi muhitdan xursandman.

- 17 daqiqadagi qizil kartochkadan so'ng asosan yoshlardan iborat jamoani qanday ruhlantira oldingiz?
- Men har bir futbolchimizga ishonaman. Maydondagi yigitlar o'z vazifasini bajarishga va oxirigacha kurashishga tayyor edi.

- Bugun ustozingizga qarshi maydonga tushdingiz. Keyingi bahs sobiq jamoangiz - “Bunyodkor”ga qarshi. Bu uchrashuvdan nimalarni kutyapsiz?
- Bu futbol. Uni oldindan aytib berish mumkin bo'lganida, o'sha har doim jahon chempioni bo'lardi. Qiziq bahs bo'ladi deb o'ylayman, tayyorgarlik ko'ramiz.

- “Surxon” o'z stadioniga qachon qaytadi?
- Chim tayyor bo'lishi kerak. “Paxtakor” yaxshi imkoniyatlar bor, ammo ularning stadionida chim yaxshi emas. Biz u darajada sarf-harajatlar qila olmaymiz. Termizdagi iqlimni ham hisobga olish kerak. Maydonni nazorat qilish juda qiyin. Bunday issiqda chimni yaxshi saqlash uchun balki boshqa mutaxassislar kerakdir. Biz ham o'z arenamizda, o'z muxlislarimiz qarshisida o'ynayshni xohlaymiz. Ammo hozir vaziyatga to'g'ri baho berib, o'z ishimizni qilishimiz kerak.