Antonio Konte Italiya Superkubogi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi

"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte Italiya Superkubogi hal qiluvchi o'yini oldidan matbuot anjumanida chiqish qildi.
"Bolonya" bilan o'yin 22 dekabr kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 23:59'da boshlanadi.
"Finalga chiqish energiya beradi. Biz tiklandik. Finalga chiqish yoqimli, lekin u erda faqat g'oliblarni eslab qolishadi. "Bolonya" Superkubokni yutishi mumkin, ammo oldin maydonda bizdan yaxshiroq ekanini isbotlashi kerak. Agar shunday bo'lsa, bu bizning aybimiz va kamchiligimiz bo'ladi," - deya murabbiyning so'zlarini keltiradi Sky Sport Italy.