Antoni: "Neymar — men ko'rgan eng iqtidorli futbolchi, u Ronaldudan kuchli"

«Betis» qanot hujumchisi Antoni hozirda «Santos» sharafini himoya qilayotgan mashhur braziliyalik forvard Neymarning iqtidoriga yuqori baho berdi.
Vingerning fikricha, Neymar o'yin sifati bo'yicha Krishtianu Ronaldudan ustun turadi.
«Men uchun Neymar — men ko'rgan eng iqtidorli futbolchi. Men u bilan terma jamoada uzoq vaqt birga bo'ldim va ayta olamanki, bu haqiqiy tug'ma iste'dod. Undagi engillik odamni hayratga soladi», — deya Antonining so'zlarini keltirmoqda Globo.
Joriy mavsumda 34 yoshli Neymar 11 ta o'yinda ishtirok etib, o'z hisobiga 4 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Hujumchining «Santos» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning dekabriga qadar mo'ljallangan.