Antoni katta orzusini aytdi

«Betis» vingeri Antoni yaqin kelajakda nimalarga erishishni orzu qilayotgani haqida gapirib berdi.
26 yoshli futbolchi hamon Braziliya terma jamoasi tarkibida Jahon chempionatiga borishdan umidvor ekanini tan oldi.
«Mening orzum — bo'lajak Jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi qaydnomasidan joy olish», — deya «Betis» yulduzining so'zlarini keltiradi The Touchline nashri.
Karlo Anchelotti Antonini mart oyidagi yig'inga taklif qilmadi. Payshanba kuni «pentakampeonlar» o'rtoqlik uchrashuvida Frantsiyadan mag'lubiyatga uchrashdi (1:2).
Antoni milliy jamoa safida jami 16 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan. Futbolchi oxirgi marta 2025 yilning iyun oyida terma jamoaga chaqirilgan bo'lsa, uning «selesao» libosida maydonga tushgan oxirgi o'yini 2023 yilning martiga to'g'ri keladi.