"Betis" klubi qanot hujumchisi Antoni irqiy toqatsizlik haqida gapirdi. Avvalroq, Evropa Chempionlar ligasi birinchi pley-off bosqichi doirasidagi "Benfika" - "Real" uchrashuvi vaqtida "qaymoqranglilar" vingeri Vinisius Junior irqchilikka duch kelgandi.

"Irqchilik juda xavfli narsa. Mening qora tanli onam va qora tanli akam bor, shaxsan men bu irqchilik oqibatlarini o'zimda his qildim.

Kimnidir tanqid qilmoqchi bo'lsangiz, buni boshqa yo'l bilan qiling. Xo'p, agar xohlasangiz, provokatsiya qiling, lekin irqchilik bilan emas", - dedi Antoni.