"Betis"ning braziliyalik hujumchisi Antoni Evropa Ligasi yangi mavsumining 1-turidan o'rin olgan "Nottingem Forest"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Bellashuv 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi. Antoni maydonda to'liq 90 daqiqa harakat qilib, gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.

"Men engillikni his qilyapman. O'yin oldidan akam menga bugun gol urishimni yozdi. Goldan juda xursandman, ammo durang natijadan biroz xafa bo'ldim," - dedi Antoni.