Antoni «Betis»ga qaytgach, ko'z yoshlarini tiya olmadi

Braziliyalik vinger Antoni kuni kecha «Manchester Yunayted»dan «Betis»ga o'tdi va ispan klubiga qaytishiga bag'ishlangan marosimda hayajonlanib ko'z yoshini tiya olmadi.
«Faqat oilamgina mening «MYu»da qay darajada qiynalganimni tushunadi – men hammadan chetda, yolg'iz mashg'ulotlarda ishtirok etdim. Sevilya Manchesterga nisbatan ancha jozibali, va nihoyat men bu erdaman! 40 kundan ziyod mehmonxonada yashadim, ammo hamma mening orzum – «Betis»ga qaytish ekanligimni bilardi. Men uchun muhabbat juda katta ahamiyatga ega, uni pulga sotib olib bo'lmaydi!» — dedi Antoni klubga qaytishiga bag'ishlangan marosimda.
Eslatib o'tamiz, futbolchining ispan klubiga qaytgani 1 sentyabrda ma'lum qilingan edi.
Manba: championat.com