"Anshlag bo'ladi": "Neftchi" chempionlik o'yini uchun biletlar 2 soatda sotib bo'linganini ma'lum qildi

Xabaringiz bor, "Neftchi" 22 noyabr kuni soat 16:15 da O'zbekiston Superligasi 29-tur uchrashuvi doirasida Farg'ona shahridagi "Istiqlol" markaziy stadionida Navoiyning "Qizilqum" klubini qabul qiladi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, bugun ertalab soat 09:00 dan boshlab "Istiqlol" va Marg'ilon shahridagi maxsus kassalarda ushbu qiziqarli va shiddatli bellashuv uchun chiptalar sotuvga chiqarilgan edi.
Ayni vaqtga kelib sotuvdagi barcha chiptalar to'liq sotib bo'lindi.
Manba: "Neftchi" klubi matbuot xizmati