Anri Vinisiusning "Liverpul"ga qarshi o'yinini tanqid qildi

"Arsenal" va "Barselona" klublarining frantsiyalik sobiq hujumchisi Terri Anri "Real" vingeri Vinisius Juniorni Evropa Chempionlar ligasi doirasida "Liverpul"ga qarshi o'yindagi harakatlari uchun tanqid qildi. Kecha bo'lib o'tgan uchrashuvda inglizlar 1:0 hisobida zafar quchdi.
"U nima uchun "Liverpul" qanot himoyachisiga bosim o'tkazmaganini tushunmayapman. Bor narsa bilan o'ynash kerak, vaziyatga qarab o'ynash kerak. Vinisius esa Konor Bredlini dastlabki besh-etti daqiqa bosim ostida ushlab turdi, keyin esa raqibni qo'yib yubordi. Nima uchun? Nega unga bo'sh joy beryapsan? U sariq kartochka olgunicha bosim qilish kerak, shunda uning himoya samaradorligi pasayadi. Ammo Vini bunday qilmadi," - deya Anrining so'zlarini keltiradi Liverpool.com internet-portali.