Anri Subimendiga nisbatan qilinayotgan tanqidlarga munosabat bildirdi

Londonning «Arsenal» klubi sobiq hujumchisi Terri Anri yarim himoyachi Martin Subimendini qo'llab-quvvatladi.
Frantsiyalik afsona «kanonirlar» safida Angliyadagi debyut mavsumini o'tkazayotgan ispaniyalik yarim himoyachi sha'niga aytilayotgan tanqidlarni yoqlamayapti.
«Odamlar hammani muhokama qilishni va tanqid qilishni yaxshi ko'rishadi. Har doim shubha bilan qarash mumkin, lekin Subimendi bu ligaga yaqindagina kelib qo'shildi. Esimda, Rodri [«Manchester Siti»ga] ilk bor o'tganida, unga ham shubha bilan qarashgandi. Men o'zim ham buni boshdan kechirganman, shuning uchun shuni bilamanki, shunchaki tanqidlarni qabul qilish va oxir-oqibat barcha shubhalarni yo'qqa chiqarish uchun bor kuchni ishga solish kerak», — deya Arsenal Radar Anrining so'zlarini keltirmoqda.
Martin Subimendi o'tgan yilning yozida «Real Sosedad»dan «Arsenal»ga 70 million evro evaziga ko'chib o'tgan edi.