Anri “Oltin to'p”ning navbatdagi g'olibini taxmin qildi

Londonning “Arsenal” va Kataloniyaning “Barselona” klublarida to'p tepgan afsonaviy frantsiyalik hujumchi Terri Anri “Oltin to'p”ning navbatdagi g'olibini taxmin qildi.
"Kilian Mbappe sovrinni qo'lga kiritishi kerak.
Uning joriy mavsumdagi o'yiniga qarang. U ajoyib o'ynamoqda. Biz hozir Mbappening eng yaxshi versiyasini ko'ryapmiz", - deydi sobiq forvard.