Anri: «Olise o'yinni ko'zlari bilan emas, miyasi bilan ko'radi»

«Arsenal» va Frantsiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Terri Anri «Bavariya» vingeri Maykl Olisening o'yiniga baho berdi.
«Maykl – boshqalarga o'xshamaydigan futbolchi. Unga mikrofon berishganda uyatchan bo'lib ko'rinishi mumkin, ammo unda o'ziga xos fikrlash tarzi, hayotga nisbatan alohida qarash bor. Xuddi o'yinga bo'lgan qarashi kabi.
U to'pni qabul qilganda, juda kam sonli insonlar ko'ra oladigan narsani ko'radi. U o'yinni boshqacha ko'radi. Ko'pincha u o'yinni miyasi bilan his qiladi. U o'yinga ko'zlari bilan qaramaydi. U to'p darvozabondan chiqib ketganda nima sodir bo'lishi mumkinligini tasavvur qilishga harakat qiladi.
U dribling ishlata oladi, buni hammamiz bilamiz. Lekin uning o'yinga va hayotga bo'lgan qarashi o'zgacha. Shu sababli maydondan tashqarida odamlar ba'zan uni tushunishmaydi. Ammo u yoqimli yigit, ajoyib inson. Maydondan tashqarida u ko'p gapirmaydi, lekin to'p uning ixtiyorida bo'lganda, u o'z o'yini bilan juda yaxshi «gapiradi», – dedi Anri.