«Barselona» klubining sobiq futbolchisi Terri Anri argentinalik hujumchi Lionel Messining jarima zarbalarini ijro etishdagi yuqori mahorati haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Men Messining jarima zarbalarini tepishni boshlagan paytlarini ko'rganman. To'g'risini aytsam, u qadar yaxshi emasdi. Hatto u hech qachon bu ishning ustasi bo'la olmasa kerak, deb o'ylagandim. Ammo tinimsiz takrorlash, hatto eng zo'rlar uchun ham — muvaffaqiyat garovidir. Odamlar bir narsani tushunishmaydi: iste'dod bor, ha, lekin uning ustida ishlash kerak. Messi har kuni jarima zarbalarini mashq qilardi. To'p jonli devorga tegardi, noaniq ketardi... Ammo hozir uning deyarli barcha jarima zarbalari — yo gol bilan tugaydi, yoki darvozabonning seyviga aylanadi», — deya Anrining so'zlarini keltiradi The Touchline nashri.

Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichining uchinchi turidan o'rin olgan bahsda Argentina terma jamoasi Iordaniyani 3:1 hisobida mag'lub etdi. Gollardan biriga 39 yoshli Messi mualliflik qildi — u jarima zarbasini to'g'ridan-to'g'ri darvozaga yo'llab, raqib posbonini ojiz qoldirdi. Bu gol orqali hujumchining standart vaziyatlardan urgan gollari soni 72 taga etdi.

Manba: Stadion.uz