Anri: «Frantsiyaning yangi murabbiyi kim bo'lishini hamma biladi»

Londonning "Arsenal" va Kataloniyaning "Barselona" klublari sobiq hujumchisi Terri Anri Frantsiya terma jamoasining navbatdagi bosh murabbiyi haqida fikr bildirdi.
"Terma jamoaga kim murabbiy bo'lishini hamma biladi. Siz ham xabardorsiz, men ham. Unga omad tilamoqchiman", - deya afsonaviy futbolchining so'zlarini keltiradi L'Equipe.
Avvalroq, Dide Desham kelasi yilning yozida "uchranglilar" bosh murabbiyligidan ketishi ma'lum bo'lgandi.