Taniqli sobiq futbolchi bo'lgan Terri Anri "Barselona"ning himoyada o'ynash taktikasi haqida fikr bildirdi.

Chorshanba kuni "ko'k-anorranglilar" Chempionlar ligasining to'rtinchi turida Belgiyaning "Bryugge" jamoasini enga olmadi (3:3).

Mutaxassis fikriga ko'ra, kataloniyaliklar himoya chizig'i haddan tashqari yuqoriga ko'tarilmoqda.

"Ular doimo raqib o'yinchilarining qochib ketishiga va darvozabon bilan yakkama-yakka chiqishiga imkon berishmoqda. Kech qolishlar tufayli har safar raqib darvozabon bilan birga-bir chiqish imkoniyatiga ega bo'lmoqda. Nima uchun o'zingizni o'zingiz muammoga qo'yadigan vaziyatga solishingiz kerak?" - deya Anrining so'zlarini CBS Sports keltiradi.