Londonning "Arsenal" klubi afsonaviy sobiq forvardi Terri Anri jamoaning joriy mavsumdagi muvaffaqiyatiga ishonmoqda.

Chorshanba kuni Mikel Arteta jamoasi Chempionlar ligasida "Olimpiakos"ni mag'lub etdi (2:0), biroz avval esa Premer-ligada "Nyukasl" ustidan g'alabani ilib ketgandi (2:1).

"Menimcha, uzoq mavsum uchun zaxira o'rindig'i katta ahamiyatga ega. Aynan shuning uchun ham "Arsenal"da joriy mavsumda sovrin yutish uchun yaxshi imkoniyat bor deb o'ylayman. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o'yinni o'zgartirishga qodir," - dedi Anri CBS Sports studiyasida.

"Kanonirlar" APL turnir jadvalida "Liverpul"dan 2 ochko ortda qolib, 2-o'rinda bormoqda. Chempionlar ligasida londonliklar ikki turdan so'ng 6 ochko to'pladi.