Angliyaning yana uch klubi "Real" futbolchisi uchun kurashga qo'shildi

"Real Madrid" hujumchisi Gonsalo Garsiya Angliya klublari orasida yuqori talabga ega bo'lib turibdi.
Xabarlarga ko'ra, "Brayton" yanvarda 21 yoshli ispaniyalik futbolchini ijaraga olishga tayyor. Shuningdek, "Lids" va "Sanderlend" ham Garsiyaga qiziqish bildirmoqda.
Futbolchining "qirollik klubi" bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnomasi bor. U joriy mavsumdagi 9 ta o'yinda 1 ta golli uzatma berdi.