Angliyaning keyingi mavsum uchun xalqaro maydondagi vakillari aniqlandi

2026/27 yilgi mavsum uchun Angliya Premer-ligasidan evrokuboklarga yo'llanma olgan jamoalar ro'yxati shakllantirildi.
Chempionlar ligasi (EChL):
APLda dastlabki beshta o'rinni egallagan klublar nufuzli musobaqada ishtirok etadi:
-
«Arsenal»
-
«Manchester Siti»
-
«Manchester Yunayted»
-
«Aston Villa»
-
«Liverpul»
Eslatma: Agar «Aston Villa» Evropa ligasida g'olib chiqqan bo'lsa-da, APLda kuchli to'rtlikka kirgani uchun, oltinchi o'rin sohibiga qo'shimcha yo'llanma berilmadi.
Evropa ligasi (EL):
Evrokuboklarda quyidagi jamoalar kurash olib boradi:
-
«Bornmut» (6-o'rin)
-
«Sanderlend» (7-o'rin)
Konferentsiyalar ligasi (KL):
-
«Brayton» (8-o'rin)
Diqqatga sazovor holat: «Kristal Pelas» (15-o'rin) hali ham Evropa ligasiga chiqish imkoniyatini saqlab turibdi. Buning uchun jamoa Konferentsiyalar ligasi finalida «Rayo Valekano»ni mag'lub etishi talab etiladi.