Angliyaning 4 ta grandi «Real»dan Kamavingani sotib olmoqchi

Madridning «Real» klubiga tegishli bo'lgan frantsiyalik xavbek Eduardo Kamavinga Angliya Premer-ligasida faoliyatini davom ettirish uchun bir yo'la bir nechta variantga ega.
Caught Offside jurnalistlarining ma'lumotlariga ko'ra, yarim himoyachi «Manchester Yunayted», «Arsenal», «Tottenxem» va «Chelsi» klublarining qiziqishlar doirasida turibdi. «Qaymoqranglilar» Kamavinganing transferidan taxminan 60 million evro ishlab olishni rejalashtirishmoqda.
Frantsiyalik yarim himoyachi besh yildan beri «qirollik klubi» sharafini himoya qilib kelmoqda. Eduardo va Madrid klubi o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.