Angliyalik himoyachi: «Messiga qarshi o'ynash — noyob imkoniyat»

Angliya terma jamoasi himoyachisi Niko O'Rayli 2026 yilgi Jahon chempionati yarim finali doirasida Argentina terma jamoasi va hujumchisi Lionel Messiga qarshi bo'lajak bahs haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Men buni intizorlik bilan kutyapman. Bu noyob imkoniyat. Uning faoliyati yakuniga etib bormoqda. Shaxsan men uchun u futbol maydonida to'p surgan eng yaxshi o'yinchi. Ha, men bu chaqiriqni intizorlik bilan kutyapman», — deya O’Raylining so'zlarini keltiradi BBC Sport.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar