Angliyadagi mojaro fonida PSJ qiziqish bildirayotgan "Manchester Siti" futbolchisi ismi ma'lum bo'ldi

Fransiyaning "Pari Sen-Jermen" klubi Angliya Premer-ligasining moliyaviy qoidalarini buzganlik ayblovi fonida "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rayan Sherkini shartnoma asosida o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda foot01.com nashri xabar bermoqda.
Parijliklar Sherki Fransiya 1-ligasida "Lion" sharafini himoya qilib yurgan vaqtida ham uni transfer qilishga harakat qilishgani xabar qilingan. 23 yoshli futbolchi o'tgan yilning yozidan beri "Siti" sharafini himoya qilib kelmoqda.
Kommentariyalar