Jahon chempionati-2026 finaliga chiqa olmagan Tomas Tuxelning Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi kelajagi haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi.

Turnir yarim finalida inglizlar Argentinaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, finalga yo'l ololmadilar.

Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Angliya futbol assotsiatsiyasi Tuxelni iste'foga chiqarishni rejalashtirmayapti. Katta ehtimol bilan, aynan u 2028 yilda Buyuk Britaniyada bo'lib o'tadigan Evropa chempionatida jamoani boshqaradi.

Avvalroq Tuxelning o'zi mundial yakunlangach, iste'foga chiqish niyatida emasligini ma'lum qilgandi.

19 iyul kuni Angliya terma jamoasi JCh-2026 uchinchi o'rin uchun bahsida Frantsiya bilan kuch sinashadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 02:00 da (18 iyuldan 19 iyulga o'tar kechasi) boshlanadi.

Manba: Stadion.uz