Angliyada darvozabonlar simulyatsiyasiga qarshi jazo choralari joriy qilinadi — BBC

Angliya futbol ligalari darvozabonlar simulyatsiya qilmasligi uchun yangi qoida joriy qilmoqda: agar shifokorlar darvozabonga yordam ko'rsatish uchun maydonga tushadigan bo'lsa, jamoaning bir futbolchisi bir daqiqaga maydondan chiqib turadi.
Murabbiy 10 soniya ichida maydonni tark etadigan o'yinchini tanlashi kerak; aks holda avtomatik ravishda sardor maydondan chiqariladi. BBC ma'lumotlariga ko'ra, agar darvozabon jiddiy jarohat olsa (miya chayqalishi, qon oqishi va boshqalar) bu qoida istisno tariqasida qo'llanilmaydi.
Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi tajriba natijalarini ko'rib chiqadi; agar tasdiqlansa, yangi qoida 2027/2028-yilgi mavsumdan boshlab butun dunyo bo'ylab kuchga kirishi mumkin.
Ushbu tashabbusga 2025 yil noyabr oyida sodir bo'lgan voqea sabab bo'lgan: o'shanda "Lids Yunayted" bosh murabbiyi Daniel Farke "Manchester Siti" darvozaboni Janluiji Donnarummani ataylab simulyatsiya qilishda ayblagandi. O'sha o'yinda "shaharliklar" Filipp Fodenning qo'shimcha vaqtda urgan goli evaziga "Lids"ni 3:2 hisobida mag'lub etishgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar