Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi: "Semeno Gakpo, Trossard, Martinelli va Dokudan yaxshiroq"

Angliyalik sobiq hujumchi Gabriel Agbonlaxor "Bornmut" vingeri Antuan Semenoning o'yiniga qoyil qoldi.
25 yoshli futbolchi anchadan buyon Premer-liga grandlari e'tiborida. "Aston Villa" sobiq hujumchisining so'zlariga ko'ra, "olchalar" etakchisi ingliz top-jamoalarining hech birida yo'qolib qolmagan bo'lardi.
"Menga Semeno asosiy tarkibda tushmaydigan APLning hech bo'lmasa bitta jamoasini ayting. U "Arsenal"dagi Martinelli va Trossardan, "Liverpul"dagi Gakpo va "Manchester Siti"dagi Dokudan yaxshiroq. "Tottenxem"da ham u asosiy tarkibda bo'lardi," - deya Agbonlaxorning so'zlarini keltiradi talkSPORT.
Antuan Semeno Angliya chempionatining joriy mavsumida o'tkazilgan 8 ta uchrashuvda 6 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.