Sobiq ingliz himoyachisi Joleon Leskottning fikricha, "Liverpul" Florian Virtsni sotib olganidan afsusda.

"Qizillar" o'tgan yozda nemis yarim himoyachisini "Bayer"dan 125 million evroga xarid qilgandi. Ammo yulduz yangi o'yinchi hozirgi mavsumda Premer-liga va Chempionlar ligasi o'yinlarida hali na gol urgan, na golli uzatma bergan.

"Menimcha, mavsum oxirida "Liverpul" imkon bo'lganda Virts uchun sarflagan pullarini mamnuniyat bilan qaytarib olgan bo'lardi," deya Leskottning so'zlarini ingliz ommaviy axborot vositalari keltirmoqda.

Arne Slot jamoasi etti turdan so'ng Premer-liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Peshqadam "Arsenal" bilan farq atigi bir ochko.