Angliya terma jamoasining taniqli sobiq futbolchisi Emil Xeskining fikricha, hujumchi Joao Pedro "Chelsi"da muvaffaqiyat qozona oladi.

Braziliyalik futbolchi "ko'klar" tomonidan yozgi transfer oynasida "Brayton"dan 60 mln evrodan ko'proqqa sotib olingan edi.

"Pedroning transferi menga yoqdi. O'ylaymanki, u "Chelsi"da Dide Drogba va Diego Kosta yo'lini takrorlay oladi, oldinda jamoa uchun mo'ljal bo'ladi," - deya Xeskining so'zlarini keltiradi EPL Index.

Joao Pedro Entso Mareska jamoasi safida oltita o'yinda beshta gol urdi, shuningdek, 23 yoshli hujumchi sheriklariga ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.