Angliya terma jamoasida yangi rekord

Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem Jahon chempionati-2026 chorak finalida Norvegiyaga qarshi kechgan bahsda (qo'shimcha bo'limlarda 2:1) ikkita gol urdi.
Hozirda Bellingemning JCh-2026 dagi gollari soni oltitaga etdi. Xuddi shuncha golni Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn ham o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) xabariga ko'ra, bu jahon chempionatlari tarixida ilk bor kuzatilishi — bir terma jamoaning ikki futbolchisi bitta mundialda kamida beshtadan gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Angliya JCh-2026 yarim finalida Argentina — Shveytsariya juftligi g'olibi bilan kuch sinashadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar