Angliya va Kosta-Rika terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi yakunlandi. Jamoalar AQShning Orlando shahridagi «Eksploriya» stadionida maydonga tushishdi. Mazkur bahsda Angliya terma jamoasi 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvning 9-daqiqasida angliyalik yarim himoyachi Deklan Rays hisobni ochdi. 68-daqiqada Entoni Gordon penaltini aniq amalga oshirib, jamoasining ustunligini mustahkamladi. 87-daqiqada esa hujumchi Olli Uotkins bahsga nuqta qo'ydi — 3:0.

Angliya terma jamoasi AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etadi. Angliyaliklar mundialning "L" guruhida Xorvatiya, Gana va Panama terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Kosta-Rika terma jamoasi esa JCh–2026 final bosqichiga yo'llanma qo'lga kirita olmagan.

O'rtoqlik uchrashuvi
11 iyun, payshanba
Angliya — Kosta-Rika — 3:0
Gollar: Deklan Rays, 9 (1:0), Entoni Gordon, 68-penalti (2:0), Olli Uotkins, 87 (3:0).

Manba: stadion.uz