Angliya terma jamoasi JCh-2026 oldidan ayg'oqchilikka qarshi keskin choralar ko'radi

Angliya milliy terma jamoasi jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonida maxfiylikni saqlash maqsadida shpionajga qarshi himoya choralarini kuchaytiradi. The Sun nashrining xabariga ko'ra, inglizlarning Kanzas-Sitidagi mashg'ulot bazasida politsiya navbatchiligi va maxsus dronlar nazorati yo'lga qo'yiladi.
Ushbu dronlar zarurat tug'ilganda baza uzra uchib yurgan «ayg'oqchi» BPLAlarni (boshqaruvsiz uchish apparatlari) urib tushirish vakolatiga ega bo'ladi. Bundan tashqari, baza hududida signallarni bo'g'uvchi maxsus qurilmalar (glushilkalar) o'rnatiladi.
Terma jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel ushbu choralarning muhimligini quyidagicha izohladi:
«Agar siz o'yindan bir kun oldin jamoaviy kombinatsiyalar, standart vaziyatlar va penaltilar ustida ishlayotgan bo'lsangiz, bu juda muhim. Raqibingiz bu rejalardan xabardor bo'lishini istamaysiz. Maxfiylik sizga hal qiluvchi ustunlik beradi».
Jahon chempionatining guruh bosqichida Angliya terma jamoasi Xorvatiya, Gana va Panama vakillariga qarshi maydonga tushadi.