Angliya terma jamoasi Jahon chempionatidagi sakkizinchi o'yinini o'tkazmoqda, ular frantsiyaliklarga qarshi 3-o'rin uchun kurash olib borishyapti. Ma'lum bo'lishicha, butun turnir davomida Angliya terma jamoasi «Manchester Yunayted» o'yinchilari xizmatidan biror marta ham foydalanmagan.

Bunday holat 1958 yildan beri kuzatilmagan edi — o'shanda klub fevral oyida Myunxendagi aviahalokat tufayli eng yaxshi o'yinchilaridan ayrilgandi. O'shanda inglizlar Shvetsiyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatiga «Manchester Yunayted» futbolchilarisiz borishga majbur bo'lgan edilar. Shundan buyon hozirgi yakunlanib borayotgan chempionatga qadar bunday holat takrorlanmagandi.

Eslatib o'tamiz, Jahon chempionatining final uchrashuvi 19 iyul oqshomida bo'lib o'tadi.

Manba: Stadion.uz