Angliya qiroli terma jamoasini qo'llab-quvvatladi

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III JCh–2026 yarim finalida Argentinaga mag'lub bo'lgan Angliya terma jamoasiga dalda berdi.
Inglizlar uchrashuvning 85-daqiqasigacha 1:0 hisobida oldinda borayotgan edi. Biroq Argentina o'yin so'ngida ketma-ket ikkita gol urib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Charlz III Britaniya qirollik oilasining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida quyidagi murojaatni qoldirdi:
“Xarri Keyn va butun jamoaga hamdardlik bildiraman. Bugun “Uch sher” yaralandi. Ammo ishonchim komilki, sizlar hanuz butun xalqning faxrisiz va albatta yanada kuchliroq bo'lib qaytasizlar.” - dedi Charlz III.
Endi Angliya JCh–2026 bronza medallari uchun Frantsiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar